Sambo bo’yicha O’zbekiston yoshlar va o’smirlar terma jamoasi Gretsiyaning Saloniki shahrida o’tgan jahon chempionatida umumjamoa hisobida ikkinchi o’rinni qo’lga kiritdi.
Birinchi pog’onadan Rossiya terma jamoasi joy olgan bo’lsa, uchinchi o’rin Ukraina vakillariga nasib etdi.
Qayd etish lozimki, o’zbek sambochilari ilk marotaba jahon chempionatida umumjamoa hisobida ikkinchi o’rinni egallashdi. Bungacha sambochilarimizning bunday jahon chempionatidagi eng yaxshi natijasi uchinchi pog’ona bo’lgandi.
Eslatib o’tamiz, jahon chempionati yakuniga ko’ra, O’zbekiston sambochilari 6 ta oltin, 3 ta kumush va 8 ta bronza, umumiy hisobda 17 ta medalni qo’lga kiritdi, deyiladi Milliy olimpiya qo’mitasi axborot xizmati xabarida.
Izohlarni ko`rish