Koreyada Chedju orolidagi tepalikka olib boradigan, ko’rinishidan oddiy yo’l olimlar tomonidan g’ayritabiiy zona sifatida tan olingan. U yerdagi dumalovchi yoki g’ildiraydigan har qanday buyum, biron bir teginish yoki sababsiz tepalikka ko’tarila boshlaydi.
Haqiqat shundaki, o’lchamidan qat’iy nazar oddiy shisha idish ham, haydovchisiz qolgan mashina ham bu g’alati hodisaga duch keladi, ya’ni tepalikka ko’tarila boshlaydi.
Hozircha buning mantiqiy izohi yo’q. Ammo har yili bu anomaliyani shaxsan ko’rish uchun olomon sayyohlar tashrif buyuradi.
O’zimizning O’zbekistonimizda ham, Surxondaryoning Boysunidagi Padang qishlog’idan sakkiz kilometr narida shunday joy bor (https://youtu.be/3k3cgu0U4eI). Mahalliy aholi bu yerni «magnitli joy» deb atashadi. Avtomobil tezlik uzatmasi neytral holatga qo’yilsa va tormoz bosilmasa, balandlikdan tushib kelayotgan mashina yana orqaga ketadi. Yo’lga suv quyilsa – u ham tepaga qarab oqadi.