Ekiladigan sabzining ildiz mevasida turli vitaminlar (B1, B2, PP, C, K va karotinlar), fermentlar,uglevodlar, fitoenlar, fiofluen, likopinlar, kumarinlar bor. Mineral tuzlardan kaliy, kalsiy, natriy, magnioy, temir, fosfor, yod kabilarni uchratish mumkin.
Abu Ali ibn Sino yovvoyi meva sabzi mevasini va o’stiriladigan sabzi bargi bilan mevasini siydik haydovchi dori sifatida hamda turli yaralarni davolash uchun ishlatgan. Ildizmevasini ichak og’rig’i, surunkali yo’tal va plevri kasalliklariga davo qilgan. Xalq tabobatida sabzi siydik haydovchi, buyrak va qovuqdagi tosh, qumlarni ketkizuvchi omil sifatida tavsiya etiladi. Bunda jaydari sabzining urug’lari yaxshi samara berishi ta’kidlanadi. Ildizmevasidan ajratib olingan shira yoki sutda qaynatilgan va maydalangan sabzi yo’tal, ovoz bo’g’ilganida hamda avitaminoz va kamqonlik kasalliklarida beriladi.
Sabzi odam hujayralaridagi oksidalanish-qaytarilishi jarayonlarini uyg’unlashtiradi, et olishiga yordam beradi, uglevod almashinuvini yaxshilaydi, yengil surgi vazifasini bajaradi, ovqat hazm bo’lishini osonlashtiradi, emizikli ayollar sutini ko’paytiradi.
Tarkibida kaliy ko’p bo’lgani uchun sabzi yurak-tomir hastaliklarini davolashda ham foydalaniladi.
Sabzi tarkibidagi ma’danli moddalar yosh bolalar tanasini mustaxkamlab, o’sishi uchun yordam beradi. Ko’z nuri hiralashganida va kamqonlikda sabzidan ko’proq yeyish kerak. Shuningdek, teri kuyganda sabzidan foydalaniladi. Saraton hastaligida esa sabzi sharbati ichish tavsiya etiladi. Sovuq urganida, bitishi qiyin bo’lgan yiringli yara va jarohatlarda ham qo’llaniladi. Buning uchun lat yegan joylarga sarxil sabzi qirg’ichdan o’tkazilgan holda qo’yiladi yoki sharbati bilan yuviladi. Sabzi sharbati bilan yallig’langan tomoq yoki og’izni chayish mumkin (stomatit, angina). Sabzi foydali va to’yimli ozuqadir. Tanada yig’ilib qolgan ortiqcha yog’larni eritish uni hiltlardan tozalash hususiyatiga ega. Sabzi asosida tayyorlanadigan malxamlar davolovchi kosmetikada keng qo’llaniladi.
Kamqonlik va ko’z nurini tiklashda ertalab hamda kechqurun ovqatdan yarim soat oldin yarim piyoladan (100 ml) sabzi sharbati iching. Davolash muddati bir hafta.
Sabzi sharbatini gastrit bilan og’rigan bemor ertalab va kechki ovqatdan oldin bir oshqoshiq iste’mol qilishi kerak.