Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda bir xabar takror yana “mashhur” bo’lishni boshladi. Avvalo, aytib o’tish kerakki, bu xabar bundan 5 yil oldin ya’ni 2016 yil paydo bo’lgan. Xo’sh, bu qanday “yangilik”?
Kecha Facebook’da katta muhokama bo’layotgan surat yana tarqaldi. Suratga rus tilida shunday yozilgan: Islandiyada erkaklar yetishmasligi sababli shu o’lka ayollariga uylanadigan har bir muhojir erkakka oyiga 5000 dollar to’lanadi.
Balki, siz avval ham Islandiyadan “kelin” topib va u bilan birga turmush qurishga tayyor bo’lgan har qanday erkak hukumatdan oyiga 5000 dollar olishini eshitgandirsiz yoki o’qigandirsiz? Ijtimoiy tarmoqlarda Islandiya hukumati aynan shunday “grant” ajratgani haqida ham ba’zi “manba”lar mavjud.
Xo’sh, shu gaplar rostmi o’zi? Rostdan ham Islandiyalik ayolga uylangan muhojirga oyiga 5000 dollar pul beriladimi?
Hordiq.uz internet nashri ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinayotgan bu xabar qay darajada ishonchli yoki soxta ekanligini tekshirib ko’rdi. Ma’lumotlarni tahlil qilish chog’ida shunday xulosaga kelindi:
Birinchidan, bu xabar soxta-feyk. Sababi Islandiyada tarqalgan “xabar”larda aytilganidek ayollarning soni erkaklarning sonidan ko’p emas. Aksincha! Oxirgi ma’lumotlarga ko’ra, ayni vaqtda Islandiya aholisi 342 789 nafarni tashkil etadi. Shulardan 172,679 nafari erkaklar (50,4%), 170110 nafari ayollarni (49,6%) tashkil etadi. Demak, Islandiyada ayollarning emas, balki erkaklarning miqdori ko’p ekan. Bu esa yuqoridagi “grant” haqidagi xabar yolg’on ekanligini birinchi isboti. Ikkinchidan, Islandiya hukumati ham “Muhojir erlar” uchun hech qanday “grant” ajratmagan. Bunday “grant” haqida hech qanday rasmiy ma’lumot ham yo’q.
Ushbu ma’lumotlar internetda shu qadar keng tarqalib ketdiki, juda ko’pchilik bu xabarga ishondi. Hatto, internet saytlari orqali islandiyalik qizlar “Muhojir er” qidirayotgani, yoki erkaklar islandiyalik “xotin” qidirayotgani haqida turli skrenshotlar, xabarlar tarqaldi. Bularning hammasi firibgarlikning bir turi va bu firibgarlik qo’rboniga aylanib qolayotgan “er”lar ham uchrab qolmoqda. Xususan, o’zini islandiyalik deya tanishtirgan bir hurliqo (odatda chiroyli qizlarning rasmlariga shunaqa xabarlar joylanadi) bo’lajak “eri” bilan tanishib qoladi. Ular turmush qurmoqchi bo’ladi. “Muhojir er” Islandiyaga borish uchun kredit kartasi bo’lishi, bu kartada kamida 15 000 dollar bo’lishi kerakligini “island xotinchasi” ma’lum qiladi. Tabiiyki oyiga 5000 dollarlik pul ko’zini ko’r qilgan yigit kredit karta ochadi va unga 15000 dollar pul tashlaydi. Kartadagi maxfiy ma’lumotlarni bo’lajak “island xotinchasi”ga yuboradi va shu bilan yigit bo’lajak “xotinini” qayta ko’rmaydi. Aldanadi. 15000 dollar shu vaqtning o’zida yechib olinadi. Internetdagi yolg’on xabarga ishongan yigit na xotinga ega bo’ladi, na oyiga 5000 dollarga, na kartadagi 15000 dollarga ega bo’ladi. Barchasi havoga sovuriladi.
Xulosa o’rnida aytish kerakki, Islandiya hukumati Islandiyadan turmush qurishni istagan chet elliklarga jinsidan qat’iy nazar hech qachon grant bermagan. Shunday qilib, Islandiyalik ayol bilan nikoh uchun hech kim pul to’lamaydi.
Boladi
islandiya atmen susambilni topamiz bolla