Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi delegatsiyasi O'zbekistonga amaliy tashrif bilan keldi

“Suhbat chog’ida hozirgi konstruktiv hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan Hamkorlik shartnomasini imzolash imkoniyatlari muhokama qilindi”, deyiladi Rossiya muftiylar kengashi xabarida.

Uchrashuv ishtirokchilari joriy yilda O’zbekistonda “Ma’naviy ipak yo’li” V xalqaro ilmiy-diniy konferensiyasiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazishga alohida e’tibor qaratdi.