Quyoshdan 11 marta katta: qo'shni galaktikada qora tuynuk topildi

Astronomlar Somon yo’li tashqarisida kichik qora tuynukni aniqladilar. Kuzatishlar Atakama cho’lida joylashgan Yevropa janubiy observatoriyasining VLT (juda katta teleskop) teleskopi yordamida amalga oshirildi.

Qora tuynuk NGC 1850 yulduz klasterida, taxminan 160 000 yorug’lik yili uzoqlikda joylashgan Katta Magellan bulutida, Somon yo’li yaqinidagi galaktikada aniqlangan. Topilgan qora tuynuk bizning Quyoshimizdan taxminan 11 marta kattaroqdir.