Quyosh – mitti yulduz, Yer uning oldida misoli kichik nuqta. Unda yashovchi odamlarning manmanligi esa…

Ushbu suratda Quyosh va sayyoralar solishtirilgan.

Quyosh – mitti yulduz, Yer uning oldida misoli kichik nuqta. Unda yashovchi odamlarning manmanligi esa…

Yerni Quyosh oldidagi to’rtta ko’rinib turgan sayyoralar orasidan qidirmang.

Balki chap tarafdagi kichkina to’rtta qoramtir nuqtalardan uchinchisi biz yashaydigan Yerdir.

Aytgandek, quyosh ham yulduz. Astronomiyada ulkan yulduzlar gigant, mitti yulduzlar karlik deb ataladi. Bizning quyosh sariq karlik yulduz hisoblanadi. Ya’ni sariq mitti yulduz. Demak, bizga ulkan bo’lib tuyuladigan quyosh gigant yulduz oldida nuqtadek bo’lib ko’rinadi.

Quyosh oldida nuqtadek ko’rinayotgan Yer gigant yulduz oldida qanday ko’rinishini tasavvur qilish qiyin.

Endi shunday kichkina qora nuqtada yashaydigan zarradek inson kibr, manmanlik qilishi aqlga to’g’ri keladimi?!

Nozimjon Hoshimjon

loading…