Qishda bolani to'g'ri kiyintirish qoidalari

Qish faslida shamollash kasalliklarining oldini olishda bolaning qanday kiyinganligi katta ahamiyatga ega.

5 daraja iliq — 5 daraja sovuq: bunday haroratda bolaning kiyimi sinteponli  kombinezon, kolgotka, uzun yengli futbolka, jun patakli issiq poyabzal, ip gazlamali paypoq, issiq qo’lqop va jun qalpoqdan iborat bo’lishi lozim.

5 — 10 daraja sovuq: bolaga yuqoridagi kiyimlarga qo’shimcha ravishda sintetika yoki ip gazlamadan bo’lgan vodolazka, yana jun paypoq ham kiydirish zarur.

10 — 15 daraja sovuq: bunday havoda bolaning ustki kiyimi kapyushonli tivit kombinezondan iborat bo’lishi kerak. Issiq poyabzalni etikka almashtiring, qo’lqopning ham qalinini kiydiring.