➖ Xitoylik olimlar 7 yil davomida 30 yoshdan 79 yoshgacha bo’lgan yarim million xitoyliklar ustida tadqiqot o’tkazishdi. Ko’ngillilar ikki guruhga bo’linishdi. Biri – haftada 3 marta achchiq ovqatlar iste’mol qildi. Boshqasida – achchiqdan tashqari hamma narsani tanovul etdi. Natijada, birinchi guruhdagi o’lim ko’rsatkichi ikkinchi guruhga qaraganda 14 foiz kamroq kuzatildi.
➖ Gap shundaki, qalampir tarkibida maxsus modda – kapsaitsin mavjud. Aynan mana shu narsa uning eng foydali qismi. Kapsaitsin endorfin – quvonch gormonlarini ishlab chiqarishni kuchaytiradi.
➖Bundan tashqari, kapsaitsin saraton hujayralarini o’ldiradi, uning hujayralarini energiyadan mahrum qiladi. Bunda sog’lom hujayralar zarar ko’rmaydi.
Izohlarni ko`rish