13 may kuni Toshkent viloyatida velosportning shosse turi bo’yicha «Oqtosh-Chorbog’ Mountain» xalqaro musobaqasi o’tkazilmoqda. Shu munosabat bilan Bo’stonliq tumaniga olib boruvchi yo’lning ma’lum qismlari avtomobillar uchun yopiladi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Bo’stonliq tumaniga olib boruvchi 4P12 «Bektemir-Chorbog’ qo’rg’oni» avtomobil yo’lining 34 kilometridan (Chirchiq shahriga kirish ko’prigi) 54-kilometri (G’azalkent shahriga kirish)gacha bo’lgan qismlari 13 may kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha vaqtincha yopiladi.
Bo’stonliq tumaniga boruvchilarga Chirchiq shahri va 4P14 «G’azalkent sh.-To’ytepa sh.» avtomobil yo’li (Qoramanas, Qo’shqo’rg’on qishloqlari) orqali yurish tavsiya etildi.
Izohlarni ko`rish