Kunini kompyuter qarshisida o’tkazadiganlarning bo’yinlari vaqt o’tib, bu holdan «norozi» bo’ladi va turli belgilarni namoyon qila boshlaydi. Dastavval, yelkalarda simillovchi og’riqlar kuzatiladi, so’ngra bu og’riqlar boshga o’tadi.
-Ana shunday paytlarda quyidagi mashq bo’yin uchun juda foydali bo’ladi.
– Buning uchun og’zingiz bilan bitta qalamni tishlang va alifbodagi barcha harflarni ketma-ketlikda havoda yozing. Bu mashqni kuniga bir marta bajarib turish kifoya. Foydasi esa yaqqol sezilib turadi.
Eslatma: rus alifbosidaga harflar soni biznikidan 6 taga ko’p. Bu ularga qo’shimcha bonus. Shu o’rinda alifbosidagi ierogliflar soni 10 000 ga yaqin bo’lgan xitoyliklar ham ancha ter to’kishlariga to’g’ri keladi.
«Sog’lom hayot»
Izohlarni ko`rish