Pterozavrning yangi turi topildi

Pterozavr qoldiqlari qisman saqlanib qolgan skeletdan, jumladan, yelka, qanot, oyoq va umurtqa suyaklaridan iborat.

Ceoptera evansae deb nomlangan yangi pterozavr Darwinoptera turkumiga tegishli. Kashfiyot shuni ko’rsatadiki, bu uchuvchi kaltakesaklar guruhi ilgari o’ylanganidan ancha xilma-xil bo’lib, 25 million yildan ko’proq vaqt davomida ya’ni ilk yuradan so’nggi yura davrigacha mavjud bo’lgan. Ular avval hozirgi Xitoy hududida yashagan, keyin mazkur tur butun dunyoga tarqalgan, deb xabar beradi lenta.ru.