1. Patlar namlanmaydigan maxsus modda bilan qoplangan. Aynan shu hususiyat qushlarni yomg’irdan himoya qiladi. Patning ustiga tushgan tomchilar unga singmasdan pastga tushadi. Xuddi shu sababga ko’ra, suv qushlari hech qachon cho’kmaydi — ularning dumlarida yog’ chiqaradigan bez bor. Qushlar uni tumshug’i  bilan butun vujudga yoyib, patlarni namlanishidan o’zlarini himoya qilishadi. 

Patlar haqida qiziqarli 8 ta ma'lumot

2. Patlar qushlarni nafaqat suvdan, balki issiqlik, sovuq va hatto ultrabinafsha nurlaridan ham himoya qiladi. Aytishimiz mumkinki, bu har xil fasllar uchun universal himoya.

Patlar haqida qiziqarli 8 ta ma'lumot

3.Paxmoq patlar hattoki izg’irinda ham qushlar tanasini sovuq haroratdan himoya qila oladi. Gap shundaki paxmot patda  ideal izolyator bo’lib, unga hatto sintetik materiallar ham raqib bo’la olmaydi.

Patlar haqida qiziqarli 8 ta ma'lumot

4.Tovuslarning yorqin patini optik illyuziya deb atash mumkin, chunki ularning patlari chindan ham jigarrang. Haqiqat shundaki, yorug’lik to’lqinlarining patga tushishi uning rangi o’zgarishiga sabab bo’ladi. Bu uni rang-barang qiladi. Shunga o’xshash holatni sovun pufakchalarida ham kuzatishingiz mumkin. 

Patlar haqida qiziqarli 8 ta ma'lumot

5 .Uchish patlarini tuzilishi tufayli miniatyura qanoti deb atash mumkin. Qanotning old tomoni orqa tomoniga nisbatan ko’proq yelpinadi. Ularning magistralida kichik bir truba bor, buning natijasida ular buzilmasdan kuchli egilishga qodir.

Patlar haqida qiziqarli 8 ta ma'lumot

6. Boyqushlarning patlari shunday tuzilganki, ularning parvozlari shovqinsiz o’tadi. Bu esa qushlarga qorong’ida o’ljasini hech bir qiyinchiliksiz  ovlashga imkon beradi.

Patlar haqida qiziqarli 8 ta ma'lumot

7. Parvoz qilish natijasida patlar qariydi va to’kila boshlaydi. To’kilgan patlarning o’rnini esa yangi patlar o’sib chiqish orqali to’ldiradi. Shu bois ham qushlarning qanotlari hech qachon uchish qobiliyatini yo’qotmaydi. 

Patlar haqida qiziqarli 8 ta ma'lumot

8. Pat faqatgina qush va parrandalarda mavjud. Dunyodagi qolgan jonzodlar bunday “mojiza”dan bebahradirlar.

Patlar haqida qiziqarli 8 ta ma'lumot