O'zga sayyoraliklar Yerga kelganini isbotlovchi hech qanday dalil yo'q

AQSh Mudofaa vazirining razvedka bo’yicha o’rinbosari Ronald Moultri Pentagon Yerga o’zga sayyoraliklarning kelganiga oid dalillarni topmaganini aytdi.

CBS News telekanali efirida aytilgan so’zlarga ko’ra, u «o’zga sayyoraliklar tashrifi (Yer) yoki o’zga sayyoraliklar halokatini (kemasi) taxmin qilish» imkonini beradigan hech narsani ko’rmagan.