Qirg’izistonning O’sh viloyatida joylashgan Qora-Suv tumanida hududni O’zbekiston bilan bog’laydigan ikkinchi yer osti tunneli topildi. Bu haqda qo’shni davlat Milliy xavfsizlik davlat qo’mitasi matbuot markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 4 iyun kuni turar-joy binosidagi beton qoplamasi ostidan yashirin o’tish joyi aniqlangan.
Aniqlanishicha, tunnelning chuqurligi 17,5 metr, kirish qismi balandligi 1,8 metr, kengligi 70-80 santimetr, uzunligi taxminan 155 metrni tashkil qiladi.
Avvalroq Qorasuv tumanidagi Telman qishlog’ida 270 metrli ikki davlatni bog’lovchi maxfiy tunnel topilgandi.
Izohlarni ko`rish