Avstriyaning Gras shahrida dzyudo bo’yicha yoshlar o’rtasida Yevropa Ochiq chempionati o’tkazildi.
O’zbekiston yoshlar terma jamoasi 3 ta bronza medalini qo’lga kiritdi: Halimajon Qurbonova (-48 kg), -57 kg: Shukurjon Aminova (-57 kg), Jahongir Mamatrahimov (-90 kg).
Muhammadqodir Mansurov (-100 kg) va Islombek Ravshanqulov (+100 kg) 5-o’rinni band etgan bo’lsa, Irisxon Qurbonboyeva (-78 kg) 7-o’rin bilan kifoyalandi.
O’zbekiston yoshlar terma jamoasi 37 ishtirokchi davlat orasida umumjamoa hisobida 12-o’rinni egalladi.
Izohlarni ko`rish