O'zbekiston fuqaroligini olish uchun davlat tilini bilish imtihonini topshirish tartibiga yangiliklar kiritildi

Endilikda O’zbekiston fuqaroligini olishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali murojaat qilish mumkin.

Shuningdek, murojaatchilar hududiy imtihon komissiyasining davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo’yicha qaroridan norozi bo’lgan taqdirda apellyatsiya shikoyati berishi mumkin.

Apellyatsiya imtihon natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 5 ish kuni ichida davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali beriladi.