– Bu xonadonda uch qiz bor. Yoshlari o’tib borayapti. Biroq bu ostonaga hali sovchi yo’lamagan. Sababi…
– Xo’sh-xo’sh?!
– Har kuni bu hovlidan janjal shovqini eshitilib turadi. Darvoza choshgohda ham ochilmaydi. Ko’chaga haftalab supurgi tegmaydi. Qizlar oyna-taroqdan bo’shamaydi…
– Himmm…
– Unga qo’shni xonadonda ham uch qiz o’sayapti.
– Xo’sh-xo’sh?!
– Uchalasi ham universitetda o’qishadi. Butun mahalla yaxshi biladi – uchalasi ham odobli, ustiga-ustak, pazanda, qo’li gul chevar… Xonadonda hamma yoq saranjom-sarishta. Qo’ni-qo’shni-yu mahalladoshlar qizlarni maqtab adog’iga yetisholmaydi… Ammo…
– Xo’sh?
– Bu xonadon ostonasidan ham sovchi hatlamagan. Hali-beri hatlamaydiyam…
– Ie? Nimaga?
– Qizlar… “kontrakt”ga o’qishadi…
Nuriddin Egamov
(«Qashqadaryo» gazetasining 25 sentyabr sonidan olindi)