Bu yil hosilimiz juda barakali keldi. Shulardan biri bo’lmish olxo’ri mevasi haqida bugun batafsil gapirib o’tamiz.
Olxo’rining foydali xususiyatlari
Dunyo bo’yicha olxo’rining 250 dan ortiq turi mavjud bo’lib, ularning hammasi ham mazali va foydali hisoblanar ekan. Olxo’ri o’zida ko’pgina vitamin va minerallarni saqlab, ular quyidagilarga yordam beradi:
· olxo’rining eng muhim vazifasi bu organizmni tozalab, oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilashdir;
· olxo’ri ishtahani kuchaytiradi;
· ortiqcha xolesterinni chiqarib tashlaydi;
· paterosklerozda yordam beradi;
· buyraklarni tozalab, ortiqcha suyuqlikni chiqarib tashlaydi;
· yurak va qon-tomir tizimini mustahkamlaydi.
Olxo’rining kaloriyasi pastligi sabab ham, dietologlar uni parhez tutuvchilarga iste’mol qilishni tavsiya qilishadi.
Olxo’rining 100 grammi 42 kKal bo’lib, 0.8 gramm oqsillar, 0.3 gramm yog’lar, 9.6 gramm uglevodlar.
Olxo’rining nojo’ya ta’sirlari
Olxo’ri o’zida ko’p kislota va shakarni saqlashi sabab ham, uni quyidagi kasalliklardan aziyat chekuvchilarga iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi:
· qandli diabet;
· oshqozon kislotasining oshishi;
· revmatizm;
· oshqozon kasalligidan aziyat chekuvchilar.
Agarda siz ozmoqchi bo’lsangiz-u, olxo’rini taomnomangizga qo’shmoqcha bo’lsangiz, unda avval shifokor-dietolog bilan maslahatlashib ko’ring.
Bir kunda nechtagacha olxo’ri yeyish mumkin
Olxo’rida vitamin va minerallar yetarlicha bo’lib, kuniga ularni 3-4 tadan iste’mol qilish tavsiya qilinadi: bunda siz kerakli vityaminlarga ega bo’lasiz. agar sizning oshqozoningiz nimjon bo’lsa, unda uni 1-2 tagacha kamaytiring. Sog’lom odam esa kuniga 5-6 tadan ko’p olxo’ri iste’mol qilishi mumkin emas.
Mazali olxo’rini to’g’ri tanlash
Eng mazali olxo’rilar bir necha yillik ya’ni keksa daraxtlarda o’sadi. Lekin sotuvchilar mevaning qanday daraxtdan terilganini bilishmaydilar, shuning uchun bu masalaga boshqa tomondan qaraymiz.
· mevalar tarang, hech qanday yoriqlarsiz bo’lishi kerak;
· agarda mevadan nordon, vinosimon hidli is taralsa, demak bu meva achib qolish payida;
· ustidagi oqimtir, artsa ketadigan qoplama bu oddiy hol, lekin ustida oq dog’lar bo’lib, ular yuvganda ham ketmasa, demak bu mevani kimyoviy vositalar solib o’stirilganidan dalolat beradi;
· yaxshi pishgan olxo’rining dumchalari bo’lmaydi yoki quruq va tez uziladigan bo’ladi. Yashil rangli dumchalar esa mevaning xomligidan dalolat beradi.
Olxo’rilarni sovutgichda bir haftagacha saqlash mumkin.
Olxo’rini qishga g’amlash
Olxo’ri muzlatilganda ko’pgina vitaminlari nobud bo’ladi. Lekin shunga qaamay siz qishda olxo’ridan bahramand bo’lmoqchi bo’lsangiz, unda uni muzlatib qo’ying.
Avvalambor olxo’rining yaxshilarini tanlang va keyin uni ikki xil usulda muzlatishingiz mumkin:
· birinchi usul, danagi bilan muzlatish: olxo’rilarni pergament qog’oz, folga yoki patnisga silliq qilib terib chiqing. Muzlatgichga olib qo’ying. Keyingi kuni ularni olib paketga soling, ichiga havo to’ldirib, og’zini mahkam yopib qo’ying.
· ikkinchi usul, danaksiz:olxo’rilarni teng ikkiga bo’lib, danagini olib tashlang, so’ng patis yoki folga ustiga terib, sovutgichga 4 soatga qo’ying. Undan keyin ularni ham olib, paketga soling, ichiga havo to’ldirib, og’zini mahkam yopib qo’ying.
Olxo’rilar muzlatgichda 8 oydan bir yilgacha saqlanishi mumkin.
Pazandachilikda olxo’ri
Pazandachilikda olxo’rilardan keng foydalanishadi. Ularni nafaqat shirinliklar, balki taomlarga ham solishadi: undagi kislota sabab ham, taomlar mayin va o’zgacha ta’m kasb etadi. Olxo’ri bilan yaxshi uyg’unlashadigan mahsulotlar quyida keltirilgan:
· olma, apelsin, limon, mandarin;
· pomidor, bulg’or qalampiri, sabzi va hatto baqlajon;
· tvorog, yogurt va smetana;
· suli va bug’doy yormasidan tayyorlanilgan bo’tqalar bilan ham.
Olxo’rilar bilan dolchin, zanjabil va chinnigul ziravorlari mazali ta’mni tashkil qiladi.