OLMOS HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

 

1. Ilk olmos nusxalari bundan 3000 yil oldin Hindistonda paydo bo’lgan.

2. Harbiy to’qnashuvlar jarayonida qazib olingan olmoslar qonli olmoslar deb ataladi. Ulardan tushgan pul faqat harbiy maqsadlarga sarflanadi.

3. Olmos ugleroddan tashkil topgan. Shu sababli eng qattiq tosh hisoblanadi.

4. Saturn va Yupiterda olmos yomg’iri yog’adi.

5. Yer yuzidagi qazib olingan olmosning 80 foizidan sanoatda foydalaniladi. 20 foizidangina qimmatbaho taqinchoqlar yasaladi.

6. Dunyoda birinchi bo’lib brilliant ko’zli nikoh uzugini Fransiya qiroli Karl Smelogoning qizi Mariya Burgundskaya barmog’iga taqqan. Uni malikaga Avstriya ergersogi Maksimillian sovg’a qilgan. Bu voqea 1477 yili sodir bo’lgan.

7. Qayta ishlash jarayonida olmos umumiy vaznining yarmisini yo’qotadi.

8. Dunyo bo’yicha hisoblanganda, jami ayollarning 1 foizigina brilliant ko’zli uzuk egasi ekan.

9. Agar sof olmos vakuum holatida qolsa, asta-sekinlik bilan grafitga aylana boradi.

10. Yer yuzidagi jami olmosning 80 foizi Afrika qit’asida qazib olinadi.

11. Eng kamyob olmos sifatida moviy rang olmos tilga olinadi. Bu olmos turi 600-700 kilometr chuqurlikda joylashgan.

12. Qadimda xitoyliklar o’zlarining toshdan yasalgan boltalari ustki qismini olmos bilan bezatishgan.

13. Hindlar ilgari olmosni mistik imkoniyatlar xazinasi sifatida qadrlashgan. Olmosi bor odamni bashoratchi deb ko’klarga ko’tarishgan.

14. Olmos o’z davrida Yuliy Sezar, Lyudovik IV hamda Napoleonlar uchun tumor vazifasini o’tagan.

Olimjon HAYIT tayyorladi