Parvoz vaqtida chaqmoq urishiga qaramay “Glonass-M” sun’iy yo’ldoshi eson-omon orbitaga olib chiqildi. “Soyuz” raketa tashuvchisi Platsesk kosmodromidan parvozni amalga oshirgach, bir necha soniya o’tib chaqmoqning ulkan razryaddagi to’lqinini qabul qilib olgandi. Tumshuq qismi va uchinchi bloki chaqmoq zarbiga uchragan bo’lsada, maxsus himoya vositasi sababli bu “Soyuz” ishlash tizimining izdan chiqarishiga sabab bo’lmadi.
Orbitaga olib chiqilgan sun’iy yo’ldosh harbiy kosmik markaz bilan muvaffaqiyatli bog’landi. Ushbu sun’iy yo’ldosh guruhiga fazoda xizmat muddatini o’tab bo’lgan texnik uskunalarni yangilariga almashtirish vazifasi yuklangan. Ayni paytda “Glonass” guruhi 26 ta kosmik apparat bilan bog’lanish jarayonlariga kirishgan.
Bu Plesesk kosmodromi orqali 2019 yilda amalga oshirilgan birinchi parvoz edi.
Izohlarni ko`rish