Afinada 1896 yili o’tkazilgan birinchi zamonaviy olimpiada o’yinlarida birinchi o’rinni egallagan atletlar lavr bargi va kumush medallar bilan taqdirlanganlar. Qizig’i, ikkinchi o’rin egalariga bronza medallari topshirilgan bo’lib, uchinchi o’rin sohiblariga hech qanday sovrin berilmagan.
Parij olimpiadasi
1900 yili Parijda o’tkazilgan Olimpia o’yinlarida birinchi o’rinni qo’lga kiritgan sportchilar oltin medal o’rniga suratlar bilan taqdirlangan edi. O’sha paytlar bunday sovrin juda qimmatbaho sanalgan.
Uch o’ringa uchta medal
Sent-Luis shahri Olipiada tarixida ilk bor birinchi, ikkinchi va uchinchi o’rinlarga muvofiq holda oltin, kumush va bronza medallari taqdim etilgan musobaqadir. Bu voqea 1904 yili bo’lgan edi.
Har ikki yilda Olimpiya shahrida an’anaviy grek libosiga burkangan ayollar Olimpiya o’yinlari mash’alasini yoqadilar. Mash’ala maxsus optik qurilmalar yordamida quyosh nurlari yordamida yoqiladi. Shundan so’ng Olimpiada ramzi bo’lgan olov Gretsiyadan mezbon davlat tomon uzoq yo’lga chiqadi.
Olimpiada bayrog’idagi halqalar
Bayroqdagi besh halqa besh qit’a: Afrika, Osiyo, Avstraliya, Yevropa va Amerikaning belgisidir. Ular bir-biriga do’stona bog’lanib ketgan.
Ayollar ishtiroki
Ilk bor o’tgan Olimpia o’yinlariga nozik hilqat vakilalari qo’yilmagan. Biroq, tez orada, ya’ni 1900 yili Parijda o’tgan Olimpiadada har bir jamoada ayollar paydo bo’ldi. Aytish joizki, o’sha paytlarda tribunalarda tomoshabinlar kam bo’lib, asosan sportchilarning o’zlari kuzatuvchi bo’lganlar.
Olimpiada oltin medali tarkibi
Toza oltindan quyilgan olimpiada medallari sportchilarga so’nggi bor 1912 yili Stokgolmda berilgandi. Shundan so’ng hozirgacha yuzasiga tilla suvi yuritilgan medallar topshiriladi.
Olimpiada va televidenie
Tomoshabinlar televidenie orqali ilk olimpiadani 1936 yil Berlin musobaqalarida ko’rganlar.
Xitoy termasi 1984 yilgacha birorta ham medalga egalik qilmagan bo’lib, Pekindagi o’yinlarda yuzta medalga ega chiqqan. Shulardan 51 tasi oltin medal ekanligi e’tirofga loyiq.
Qishgi olimpiada o’yinlariga 1924 yili asos solingan. 1994 yilgacha Yozgi va Qishgi olimpiada bahslari bir yilda o’tkazilgan.
Manba: zarnews.uz