XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

SNIKERS HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Bir kuni shokolad fabrikasi egasi Frenk Mars yangi shokolad turi yaratish haqida o’ylab qoldi. Yangi shokoladga bir oy burun olamdan o’tgan otining nomini berishga qaror qildi. Ya’ni, yangi shokolad turini «Snikers» deb atadi.

2. Snikers tarkibi yong’oq va shokoladdan iborat. Bu tarkib 1930 yildan beri umuman o’zgarmagan.

3. Olimlarning tadqiqot natijalariga ko’ra, Snikers dunyoda eng keng tarqalgan, yoshlarning sevimli shokoladi hisoblanadi. Har soniyada dunyo bo’yicha 400 ta snikers yeb bitiriladi. Har beshinchi o’smir albatta kuniga snikers sotib oladi.

4. Har bir snikers uchun 16 ta yong’oq sarflanadi. Har kuni 15 millionta snikers ishlab chiqariladi. Demak, kuniga 99 tonna yong’oq sarflanadi.

5. Ajablanarlisi, 1990 yilga qadar Angliya va Irlandiyada snikers Marathon nomi ostida ishlab chiqarilgan va sotilgan.

6. Yuz gramm snikers 507 kilokaloriyaga ega. Kaloriyasi ko’pligi uchun ham uni ko’p miqdorda yeyishning imkoni yo’q.

7. To’yimlilik darajasi yuqoriligi uchun ham Snikers urush jarayonida yanada xaridorgir bo’lib ketdi. Masalan, chechen urushi davrida jangarilar uni sevib iste’mol qilgan. Persiya bo’g’ozidagi urushda esa amerikalik askarlarning eng sevimli yemishiga aylangan.

8. Kunlarning birida olimlar shovqin ko’tardi. Emishki, kuniga snikers yeyish odam organizmiga salbiy ta’sir ko’rsatarmish. Shundan keyin shokolad ishlab chiqaruvchilar snikersning umumiy hajmini 7 foizga kamaytirishdi. Ammo narxi azaliyligicha saqlanib qolaverdi. Olimlarning aytishicha, bu ish odamlar kuniga kamroq yog’ va uglevod iste’mol qilishlari uchun amalga oshirilgan ekan.

9. Agar so’nggi besh daqiqa ichida ishlab chiqarilgan snikersni ustma-ust taxlab chiqilsa, Eyfel minorasi ham uning soyasida qolib ketarkan.

Olimjon HAYIT tayyorladi