Ona tabiatning Turkiyaga tuhfasi o’laroq bilinadigan O’lik dengiz mintaqasi, O’rta Yer dengizining durdonasi sifatida har yili minglab sayyohni qabul qiladi.
Turkiyaning eng jozibador turizm maskanlaridan biri bo’lgan O’lik dengiz, Mug’la viloyatining Fethie tumanida joylashgan bo’lib, ushbu noyob dam olish maskani diqqatga sazovor joy sifatida mahalliy va xorijiy sayyohlarning e’tiborini tortadi.
Albatta, bu maskanlar nafaqat plyajlari va zarrin qumlari bilan mashhur, balki o’tmishda Likiya sivilizatsiyasidan Rim imperiyasigacha turli sivilizatsiyalarga mezbonlik qilgan O’lik dengiz, ziyorat qilinadigan joylar nuqtai nazaridan ham tarixiy meros sifatida qardlanadi.
O’lik dengiz mintaqasining diqqatga sazovor joylari
2006 yilda dunyoning eng yaxshi plyaji sifatida tarixga oltin harflar bilan yozilgan O’lik dengiz mintaqasida siz bahramand bo’lishingiz mumkin bo’lgan ko’plab gavjum plyajlar va ko’rfaz mavjud.
1. O’lik dengiz qo’ltig’i va plyaji. O’lik dengiz mintaqasining bir tomoni yam-yashil o’rmonlar, boshqa tomoni moviy dengiz bilan o’ralgan O’lik dengiz plyaji yozning jazirama kunlarida o’ziga xos tetiklashtiruvchi tuyg’ularni uyg’otadigan maskan hisoblanadi. Bu yerda siz oftobda toblanishingiz yoki suv sporti turlari bilan shug’ullanishingiz, shuningdek dengizda shunchaki salqinlashingiz mumkin, ammo shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, bu plyajda dengiz sathi birdan chuqurlashadi.
2. Beljekiz plyaji. Paraplanda uchishni xush ko’radigan adrenalin ixlosmandlari uchun qo’nish yo’lagi va dengiz-qum-quyosh triosidan voz kechmaydiganlar uchun mukammal joy bo’lgan Beljekizning (shuningdek, Beljeyiz plyaji sifatida ham tanilgan) oltin rang plyajlari va moviy dengiz tutashgan nuqta sifatida tashrif buyuruvchilarni maftun etadi.
3. Kumburnu plyaji. Ko’k va yashil ranglarning bir nuqtada uchrashishi bilan paydo bo’lgan Kumburnu plyaji – uzun, oq qumli va O’lik dengiz tog’lari manzarasiga qarab oftobda toblanish mumkin bo’lgan plyaji bilan dengizda ta’til o’tkazishni sevuvchilarga hoh moviy dengizi bilan, hoh O’lik dengiz atrofidagi turar joy imkoniyatlari bilan mukammal imkoniyatlarni taklif etadi.
4. Kidrak ko’rfazi. O’lik dengizdan taxminan 3 kilometr uzoqlikda joylashgan Kidrak ko’rfazi archalar bilan dengiz va plyaj tutashgan go’zal manzarasi bilan ajralib turadi. Mahalliy va xorijlik sayyohlar tomonidan piknik maydoni sifatida e’tirof etilgan Kidrak ko’rfazida mangal maydonlaridan tortib piknik stollariga qadar ko’plab imkoniyatlar sizni kutmoqda.
5. O’lik dengiz milliy bog’i. O’lik dengiz tabiat bog’i sifatida ham tanilgan ushbu milliy park, 1978-yildan beri tashrif buyuruvchilarga xizmat qilib kelmoqda. Park, Kidrak o’rmon parki bilan birgalikda daraxtzorlar va dengizni tutashtirishi bilan ham diqqatga sazovor. Moviy dengiz suvida suzishni va daraxtlar soyasida tabiat ovozini tinglashni istasangiz albatta O’lik dengiz milliy bog’iga tashrif buyuring.
6. Babadag’. O’lik dengizning sport va mashg’ulotlar maskani deb ham nomlanadigan Babadag’, paraplandan ATV telekanali sayohatlariga, chodir qurishdan (lagerlar) tabiatda sayr qilishgacha bo’lgan ko’plab ommaviy tadbirlar o’tkaziladigan joy sifatida ajralib turadi. Shu bilan birga, O’lik dengizning ajoyib manzarasi Babadag’ cho’qqisidan yanada go’zalroq ko’rinadi.
7. Kapalaklar vodiysi. O’z nomini mintaqada yoz oylarida paydo bo’ladigan kapalaklardan olgan Kapalaklar vodiysi, tik qoyaliklar dengiz bilan tutashgan ajoyib plyajga ega. Qoyalarga yopishib oladigan rang-barang kapalaklar bu vodiyni unutilmas manzaralar sahnasiga aylantiradi.
8. Hisaro’nu shaharchasi. Yoz mavsumida aholisining katta qismini Britaniyalik sayyohlar tashkil etuvchi Hisaro’nu, kunduzlari moviy dengizda suzishingiz va uning marvarid sohilida dam olishingiz, kechqurunlari esa hayajonli tungi hayotga hamroh bo’lishingiz mumkin bo’lgan dengiz bo’yidagi shaharcha sifatida ajralib turadi. O’lik dengizdan quruqlik orqali yetib borish mumkin bo’lgan Hisaro’nu shaharchasini O’lik dengiz mintaqasidagi tashrif buyurilishi shart bo’lgan joylar ro’yxatiga qo’shishni unutmang!
9. Patara plyaji. Qadimgi Patara shahri yaqinida joylashgan Patara plyaji eng ko’p tashrif buyuriladigan qumli plyaji bilan ajralib turadi. Patara plyajida dam olgandan so’ng, moziyga sayohatga yetaklovchi Antik Patara shahriga tashrif buyurishingiz mumkin.
10. Saklikent kanyoni. Kamdan-kam uchraydigan tabiat hodisalarining ajoyib natijalaridan biri bo’lgan Saklikent kanyoni – o’pirilish natijasida hosil bo’lgan 18 km uzunlikdagi kanyoni va salqin suvi bilan e’tiborni tortadi. Shu bilan birga, kanyon tepasidagi terassalarda ovqatlanib, suvning tinchlantiruvchi ovozi ostida ajoyib manzaradan bahramand bo’lishingiz mumkin.
11. Patara qadimiy shahri. O’tmishda Likiyaliklar yashagan qirg’oq bo’yi shaharchasi hisoblangan Patara, bugungi kunda ushbu sivilizatsiyaga oid o’tmishni o’zida mujassam qilgan antik shahri bilan O’lik dengiz mintaqasida joylashgan shaharlar orasida alohida o’rin tutadi.