Yangi Zelandiya fuqarosi 2253 so‘zdan iborat eng uzun ismning egasi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda Ginnesning rekordlar kitobi saytida xabar berildi.
Ilgari Lourens Uotkins bo‘lgan erkak 1990 yilda ismini o‘zgartirgan, shundan so‘ng u mahalliy hokimiyatni sudga berishga majbur bo‘lgan. Oxir-oqibat, sud uning foydasiga qaror chiqardi va rasmiylar uning ismini ro‘yxatga oldi. Biroq boshqa fuqarolar ham shunday qilmasligi uchun qonunni o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.
“Odamlar erishgan g‘alati va g‘ayrioddiy rekordlar meni har doim hayratda qoldirgan va men bu sahnaning bir qismi bo‘lishni juda xohlardim. Qaysi rekordni yangilashim mumkinligini bilish uchun Ginnesning rekordlar kitobi muqovasini o‘qib chiqdim. Va menda faqat hozirgi rekordchidan ko‘ra ko‘proq ism qo‘shish kerak bo‘lgan imkoniyat bor edi”, deb tushuntirgan erkak.
Hozirda dunyodagi eng uzun ism egasining ismi Ginnesning rekordlar kitobiga ko‘ra, 2253 so‘zdan iborat bo‘lib, taxminan 6 sahifani egallaydi. Lourens o‘z ismini uzaytirishga qaror qilganida, u shahar kutubxonasida ishlagan. U kitoblardan yangi nomlar tanlagan va ularni hamkasblari bilan muhokama qilgan. Tanlangan nomlar madaniyatlarning keng doirasini qamrab olgandi: Yevropadan Maorigacha va hatto Samoagacha. Uning sevimlilaridan biri AZ2000 edi, chunki uning so‘zlariga ko‘ra, u erishgan rekordga ishora qiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu nom shu qadar uzunki, Lourensning to‘yida mezbon uni marosim paytida talaffuz qilish uchun 20 daqiqadan ko‘proq vaqt sarflagan. Biroq, eng katta muammo hujjatlarda paydo bo‘ldi, chunki uning to‘liq ismi ularning hech biriga to‘g‘ri kelmaydi. Shunga qaramay, odam o‘z yutug‘i bilan faxrlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH fuqarosi eng uzun soqol va eng uzun mo‘ylovga ega ayol sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgandi.