image0

Bugun, 13 oktyabr kuni O‘zbekistonning qator hududlarida chang‘-to‘zon kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.

Bildirilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, chang‘-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

“Mazkur hududlarda istiqomat qiluvchi aholi hamda mehmonlardan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz. Ochiq havodagi faoliyatlarini qisqartirishlari, xonanadan tashqariga chiqqanlarida niqob taqishlari kerak”, deyiladi xabarda.