Amerikalik olimlar insonni ko’rinmas qilib qo’yadigan yopinchiqni yaratishga muvaffaq bo’lishdi.
Yopinchiq o’ziga xos kompozit materialdan tayyorlangan va ob’yektni turli xil radarlardan himoya qilishni nazarda tutadi.
Ko’rinmas yopinchiq tashqi ko’rinishidan mutlaqo yopinchiqqa o’xshamaydi. Tuzilishi bir necha qator halqalardan iborat.
Uning ixtirochisi Devid Shurigning so’zlariga ko’ra, «Yopinchiqning butun siri halqalar tayyorlangan materialda. Ular ishga tushgan zahoti xayoliy yopinchiq hosil qiladi va egasini o’zgalar nazaridan to’sib turadi.
Hozircha ushbu yopinchiq mikroto’lqinlar ostidagina ko’rinmaydi. Uni butkul ko’rinmas qilish uchun oradan 10 yillar o’tishi kerak.
Devidning so’zlariga ko’ra, hozirda bu tadqiqot namunasi bilan harbiylar va maktab o’quvchilari qiziqib qolishgan. Aynan shu qatlam vakillaridan olim ko’p miqdorda takliflar olgan.