Qomatni doimo chiroyli saqlash uchun kamroq yeyish kerakligini hammamiz yaxshi bilamiz. Lekin ovqatdan tiyilish juda mushkul. Ayniqsa, ofis xodimlari bundan ko’proq aziyat chekadi. Negaki ular doimo nimadir yeb o’tirishga odatlanishgan. Ammo bunday sharoitda qomatni saqlash mushkul. Vaziyatdan chiqishga esa to’g’ri tanlangan mahsulotlar yordam beradi.
1. Bodom
Bu mahsulot antioksidantlarga boy. To’qlik hissini beradi. Eng asosiysi, bodom teri salomatligi hamda go’zalligi uchun ham juda foydali.
2. Suli yormasi
Suli yormasidan tayyorlangan bo’tqa kun davomida to’qlik hissini saqlab turadi. Bundan tashqari, teri va tirnoqlar salomatligi uchun ham juda foydali. Bo’tqani quritilgan meva yoki yong’oqlar bilan ham yeyish mumkin.
3. Qahva
Tanadagi moddalar almashinuvini yaxshilash bilan bir qatorda to’qlik hissini ham beradi. Lekin qahvani me’yorida iste’mol qilish juda muhim.
4. Pishloq
Yana bir foydali va to’yimli mahsulotlardan biri. Qorin ochganda bir bo’lak pishloq yeb olish ham salomatlikka, ham qomatga foydalidir.