image0

O‘zbek tikuvchi ayoli Dilorom YO‘ldosheva BBC tomonidan tuzilgan dunyoning “100 ayoli” ro‘yxatiga kirdi. Nashr 2024 yil uchun dunyoning turli burchaklaridan 100 ta ilhomlantiruvchi va nufuzli ayollar ro‘yxatini shakllantirdi. 

Qayd etilishicha, ikki yil avval Dilorom Yo‘ldosheva baxtsiz hodisa tufayli ikki oyog‘idan ayrilgan. Fojiaga qaramay, u umidsizlikka tushmagan va o‘zining tikuvchilik biznesini ochgan.

Dilorom tadbirkorlik va resurslarni boshqarish asoslarini o‘rganib, 40 dan ortiq amaliyotchi ustozlar tayyorlagan. U bepul master-klasslar o‘tkazib, ishchilar va maktab o‘quvchilari uchun forma tayyorlash bo‘yicha shartnomalar olgan. Bir necha oy ichida uning kompaniyasi sezilarli darajada o‘sgan.

Shuningdek, ayollar orasida tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Nadya Murad, aktrisa Sheron Stounlar bor.

Ma’lumot uchun, BBC nashri har yili dunyo bo‘ylab 100 ta nufuzli va ilhomlantiruvchi ayollarni e’lon qiladi. 

100 ayol qanday tanlandi?

BBC’ning “100 Women” jamoasi nomzodlar ro‘yxatini tadqiqotlar orqali va BBC’ning 41 ta jahon xizmatlari jamoasi hamda BBC “Media Action” tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar asosida tuziladi. Nomzodlarni saralab olishda ularning hayot sinovlariga qanchalik bardoshli ekani baholandi. Ro‘yxatni shakllantirishdan oldin barcha ayollardan rizolik so‘raladi.