Nukusdan Moskva va Oqtovga amalga oshiriladigan parvozlar jadvali o'zgardi

Uzbekistan Airways’ning Nukus xalqaro aeroporti orqali amalga oshiriluvchi xalqaro aviaqatnovlar jadvalida o’zgarish sodir bo’ldi.

Nukus – Moskva – Nukus

5 iyuldan 29 iyulgacha Nukus-Moskva-Nukus yo’nalishidagi parvozlar Urganch – Moskva – Urganch yo’nalishida Urganch xalqaro aeroporti orqali amalga oshiriladi. Parvoz vaqtlari o’zgarmaydi.

Nukus – Oqtov – Nukus

7 iyuldan 28 iyulga qadar 727 va 728 Nukus-Oqtov-Nukus yo’nalishlari bo’yicha aviaqatnovlar yangi jadval bo’yicha amalga oshiriladi.
HY-727 Nukus – Oqtov 10:20 – 11:50;
HY-728 Oqtov – Nukus 12:50 – 14:15;

Bundan tashqari, 2022 yil 29 iyul kuni rejalashtirilgan Jidda – Nukus – Jidda HY-5308 va HY-5369 yo’nalishi bo’yicha aviaqatnovlar jadvalga muvofiq o’zgarishsiz amalga oshiriladi.