Arxeologlar Yaponiyaning janubiy hududidan 25 ming yil ilgari yasalgan taqinchoq topishdi. Bu Yaponiya hududidan topilgan eng qadimgi taqinchoq ekani aytilmoqda.
U Okinava prefekturasidagi Sakitari-do g’oridan topilgan. Kattaligi 1 santimetrga teng bo’lgan taqinchoq so’nggi paleolit davriga oid geologik qatlamda bo’lgan.
Okinava San’at muzeyi rahbari Dana Masayukining aytishicha, mazkur topilma qadimgi davrlarda Yaponiya hududida madaniyati boy aholi yashagani, uning vakillari taqinchoqlardan faol foydalanganidan darak beradi.
Izohlarni ko`rish