Stiv Jobs 1977 yilda Rob Yan ismli dizaynerdan oddiyroq logotip tayyorlashini so’raydi. Shuningdek, unda 6 ta rangni qo’llab-quvvatlashi bilan inqilobiy ekranga ega bo’lgan «Apple II»ning displeyi ham aks etishi kerak edi. Nihoyat, tishlangan olma shaklidagi kamalak rangli logotip dunyoga keldi.
Bu olma nega tishlangan, degan savol barcha uchun o’shanda ham, hozir ham qiziq. Dizaynerning fikricha, odamlar uning chindan ham olma ekanini bilishlari, pomidor deb o’ylamasliklari uchun ham logotip tishlangan shaklda ifodalashga harakat qilingan.
Shuningdek, olmaning “tishlanishi” ingliz tilida «bite» so’zini ifodalagan. Boisi, o’sha vaqtlardayoq kompyuterdagi ma’lumot “bite” birligida o’lchangan. Ya’ni, «Apple» bu orqali kompyuterlari marketingini ham nishonga olgan.