Nima uchun Dubayda erkaklar oq libos kiyadi?

Birlashgan Arab Amirliklarida mahalliy ayollar ko’pincha qora, erkaklar esa oq kiyim kiyadi. Avvalroq nima uchun qizlarning qora libos kiyishlari va issiqda bunday kiyimda qanchalik qulay bo’lishi haqida maqola taqdim etilgandi. Endi esa nima uchun arab erkaklari uzun oq libos kiyishi an’anaga aylanganini aniqlash vaqti keldi.

Ma’lum bo’lishicha, amirlik aholisining milliy liboslari tarixi uzoq asrlarga borib taqaladi. Va bu tanlov mamlakat joylashgan iqlim sharoiti bilan bog’liq. Dubay cho’lning o’rtasida qad rostlagan, u yerda yil davomida ob-havo +45 darajagacha issiq bo’ladi va ko’pincha qum bo’ronlari kuzatiladi. Shuning uchun milliy kiyimning asosiy vazifasi – terini quyoshdan, sochni changdan himoya qilish va salqinlik.

Bu shartlarning barchasini erkaklar kiyimi – kandura bajaradi. An’anaga ko’ra, u tabiiy matolardan tikilgan. Libos deyarli har doim oq bo’lib, arablar orasida oliyjanoblik, qadr-qimmat va muqaddaslikni anglatadi. Oq rang quyosh nurlarini yaxshi qaytaradi, shuning uchun bu rangdagi narsalar issiq ob-havo uchun juda mos keladi. Aytgancha, qishda BAA arablari boshqa rangdagi liboslarni kiyadi: qaymoq rangdan och yashilgacha va hatto ko’k ham bo’lishi mumkin.

Nima uchun Dubayda erkaklar oq libos kiyadi?

Erkaklar an’anaviy kiyimlariga alohida e’tibor  qaratadi. Ular maxsus odob va saqlash shartlariga rioya qilishadi. Milliy libosni shunchaki o’zini kiyish mumkin emas, shuning uchun kandura ostida arablar har doim maxsus ko’ylak va shimga ega bo’ladi.

BAAda o’zini hurmat qiladigan har bir musulmonning garderobida 50 tagacha an’anaviy oq libos bor. Agar kiyimda ozgina ifloslanish paydo bo’lsa, uni zudlik bilan almashtirish kerak. Arablar kuniga 2-3 marta kiyimlarini almashtiradi, shuning uchun amirliklar aholisini kir kandurada uchratib bo’lmaydi.

Shuningdek, Sharq erkaklari uchun kiyim – bu ularning dindorligi va maqomini namoyish etishning yana bir usuli. Kandura buning uchun juda mos keladi.