Nepallik alpinist Pasang Dava Everest cho’qqisiga 26-marta ko’tarilib, hamkasbi Kami Ritaning rekordini yangiladi.
46 yoshli Dava 14 may kuni ertalab vengriyalik alpinist hamrohligida cho’qqiga chiqdi.
O’tgan yili 53 yoshli nepallik alpinist Kami Rita dunyoning eng baland tog’iga 26-marta muvaffaqiyatli ko’tarilib, o’z rekordini yangiladi. U bu mavsumda ham cho’qqini zabt etishni rejalashtirgan.
Bu yilgi Everest cho’qqisiga bahorgi ko’tarilish kechikish bilan boshlandi, chunki nepallik uchta Sherpa yo’lboshchisi qor ko’chkisi ostida chuqur yoriqga tushib ketganidan so’ng bedarak yo’qolgan edi.
Everest (Chomolungma) sayyoradagi eng baland tog’dir. Uning rasman tan olingan balandligi dengiz sathidan 8848,86 metrni tashkil qiladi.
Izohlarni ko`rish