Atlas 5 raketa tashuvchisi kuni kecha Kaliforniyadagi Vandenberg bazasidan osmonga ko’tarildi. Raketa koinotga NASA tomonidan ishlab chiqarilgan, Mars sayorasini o’rganishga imkon beruvchi dastgohni olib chiqadi. Qizil sayyoraga yetib olgunga qadar u 500 mln km masofani bosib o’tadi. Sayyoraning Elizium nomli hududiga uskuna noyabr oyida yetib boradi.
InSight zondi sayyora satxiga Marsning tektonik faolligini o’rganish imkonini beruvchi mahsus seysmometrlarni joylashtiradi. Olimlar shu tariqa to’rt yarim milliard yil avval paydo bo’lgan sayyora haqida ma’lumotlar to’plash niyatida.
Izohlarni ko`rish