Ayollar kuchli jins vakillaridan nimalarni istashi haqida quyidagilarni o’qib, ko’zguda tanishingizni yoki o’zingizni uchratsangiz ajab emas…
22 yoshda:
1. Orzumdagi shahzodadek ko’rkam bo’lsin!
2. Bir qaraganda maftun eta olsin.
3. Bir kasbning egasi, hayotda o’z o’rnini topgan shaxs.
4. Jon qulog’i bilan tinglash san’atiga ega.
5. Kerakli vaqtda, kerakli gapni topib ayta oladigan.
6. Jismonan sog’lomligi ham muhim ahamiyatga ega.
7. Did bilan kiyinishi shart!
8. Ajoyib natijali ishni tan olishni ham bilsin.
9. Kutilmagan sovg’alar hadya etib tursa yomon bo’lmasdi.
10. Hayotimni e’tiborli va romantik yigit bilan bog’lashni istayman!
32 yoshda:
1. Kelishgan qaddi-qomatini yo’qotmasin-da! Ayniqsa, sochlari erta to’kilmasa edi.
2. Iltifotliligi umr bo’yi saqlansin. Axir mashinaning eshigini ochib berishiga o’rganib qolganman.
3. To’ydan avvalgidek tez-tez tushlik yo kechki ovqat uchun biror sokin joyga olib borishni kanda qilmasin.
4. Kamroq gapirib, ko’proq meni tinglasa.
5. Hazilkash bo’lsin.
6. Bozor-o’charni o’zimning zimmamga yukpab qo’ymasin.
7. Kamida bitta bo’yinbog’i bo’lsin. Erimning kostyumda yurishiga «kasal»man-da!
8. Tayyorlagan taomimni sevib iste’mol qilsin.
9. Tug’ilgan kunlar, to’yimiz sanasi va shunga o’xshash myhim bayramlar yodida tursin.
10. Haftada bir bor bo’lsa ham romantik oqshom hadya etsin!
42 yoshda:
1. «Endi olma-o’rik bo’larmidim» demay, tashqi ko’rinishiga e’tiborli bo’lsin!
2. Yangi kelin-kuyovligimizdagidek iltifot bilan mashinaga chiqarib qo’ysa.
3. Ishga mukkasidan ketgan bo’lsa ham, tushlikka uyga kelishga vaqt ajratsin.
4. Gapirganda bosh chayqatib tursin.
5. Hazilni ham tushunsin.
6. Jismonan baquvvat bo’lsin. Uy jihozlarining joyini o’zgartirishda odam yo’llashga hojat qolmasin.
7. Qornini yopadigan ko’ylak kiysin.
8. Ichkiliklarga ruju qo’ymasin.
9. Tartibli bo’lsa, ortidan yig’ishtirib yurishga to’g’ri kelmasdi.
10. Dam olish kunlari ham soch-soqolini oldirishga odatlansin.
52 yoshda:
1. Sochini oldirib, ko’rkam bo’lib yursin.
2. Barchaning oldida kekirish, esnashdan o’zini tiysin. Odob chegarasidan chiqmasin!
3. Qarz olish kasalligiga chalinmasin.
4. Biror masala yuzasidan maslahatlashmoqchi bo’lganimda, uxlab qolmasin.
5. Bo’lgan voqealarni qayta-qayta aytavermasin.
6. Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishni kanda qilmasin. Qarilik gashtini hassasiz o’tkazsin.
7. Barcha liboslarini tez-tez almashtirsin.
8. Televizordagi ko’rsatuvga berilib ketib, tushlikda nima yeganining farqiga bormay qolmasin.
9. Barcha yaqinlarimizning nomini yoddan chiqarmasin. Buning uchun esa xotira mashqlarini bajarishni kanda qilmasin.
10. Soqolini o’stirib yurmasin.
62 yoshda:
1. Yosh bolalarni qo’rqitmasin.
2. Nima qaerda joylashganini yoddan chiqarmasin.
3. Oila boqish uchun ko’p pulga uchmasin.
4. Uxlaganida yengil xurrak otsa ham mayli.
5. Nima voqea sabab kulgani yodida tursin.
6. Xuddi yigitlardek qaddini g’oz tutib yursin.
7. Odatdagidek kiyinsin.
8. Yengil hazm bo’ladigan mahsulotlar olib kelsin.
9. Kerakli buyumlarini qaerda qoldirganini elay olsin.
10. Dam olish kunlari bilan ish kunlarini farqlasin.
72 yoshda:
1. To’rt muchasi sog’ bo’lsa bas!
2. Yiqilib biror tashvish orttirmasin!
Hammamizga ham shunaqa jonkuyar, oqila, mehribon uy bekasi nasib qilsin!