Gold wedding rings on a bouquet of flowers for the bride
Fransiya qonunlariga ko’ra, marhum bilan nikoh rasman ro’yxatga olinishi mumkin. Bunda marhumning nikohga roziligini bildiruvchi vasiyatnoma yoki boshqa hujjat talab qilinadi. Nikoh marhumning tiriklik paytidagi sana bilan ro’yxatga olinadi va u marhumning merosiga egalik qilish huquqini bermaydi.
1950 yilda Fransiyaning Frejyus shahrida yuz bergan to’g’on o’pirilishi natijasida 400 kishi nobud bo’ladi. Qurbonlardan biri Andre Kapra ismli yigitning sevgilisi Iren Jodart marhum bilan nikohdan o’tishga ruxsat berishni so’rab Sharl de Gollga murojaat qiladi. Masala keng jamoatchilikning qizg’in munozarasiga sabab bo’lgach, mamlakat rahbari bu nikohga rozilik beradi. Shundan so’ng Fuqarolik kodeksiga yuqoridagi modda kiritilgan.
loading…