image0

Kecha, 27 noyabr kuni Kambodjada “Miss Planet 2024” xalqaro go‘zallik tanlovining finali o‘tkazilib, g‘oliblar e’lon qilindi. Bu haqda tanlov o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, tanlovda dunyoning turli burchaklaridan 60 dan ortiq ishtirokchi qatnashgan va bu yil ikkita g‘olib tan olindi — Indoneziyadan Olla Levina 2024 yil uchun “Angel Miss Planet” va Birlashgan Arab Amirliklaridan Mahra Lutfi “Miss Planet International 2024” unvoniga sazovor bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Mahra Lutfi model va plastik jarroh bo‘lib faoliyat yuritadi.

“Miss Planet 2024” g‘oliblari e’lon qilindi (foto)1

“Miss Planet 2024” g‘oliblari e’lon qilindi (foto)2

“Miss Planet 2024” g‘oliblari e’lon qilindi (foto)3

“Miss Planet 2024” g‘oliblari e’lon qilindi (foto)4

“Miss Planet 2024” g‘oliblari e’lon qilindi (foto)5

23 yoshli Olla Levina esa ekologiya sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega va atrof-muhitni himoya qilishda faol ishtirok etadi.

“Miss Planet 2024” g‘oliblari e’lon qilindi (foto)6

“Miss Planet 2024” g‘oliblari e’lon qilindi (foto)7

“Miss Planet 2024” g‘oliblari e’lon qilindi (foto)8

“Miss Planet 2024” g‘oliblari e’lon qilindi (foto)9

“Miss Planet 2024” g‘oliblari e’lon qilindi (foto)10

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan “Miss International – 2024” go‘zallik tanlovida vetnamlik Xyuin Txi Txan Txyui g‘olib deb e’lon qilingandi.