Minecraftda Registon maydonining to'liq nusxasi yaratildi

Minecraft o’yinida Pkmncar nikli foydalanuvchi Registon maydonining to’liq nusxasini yaratdi. Buning uchun 1 yil vaqt va 15 million dona blok kerak bo’ldi.

 

Minecraft insoniyat tarixida eng ko’p sotilgan (200 mln. dona) va YouTube platformasida eng ko’p tomosha qilingan (1 trln. marta) kompyuter o’yini.

Ushbu platformada Registon maydoning paydo bo’lishi, dunyoning turli burchaklarida O’zbekistonga bo’lgan qiziqishni orttiradi va kelajakda ehtimol sayyohlar oqimini oshiradi.