Messi va Neymar ortda qoldi. Krishtianu birinchida!

Forbes 2021 yilda eng ko’p daromadga ega bo’lgan futbolchilar ro’yxatini e’lon qildi. Unga ko’ra, birinchi o’rinda «Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu qayd etilgan.

Ronaldu maoshi va reklamadan tushgan pullar bilan birga qo’shib hisoblaganda 125 mln dollar daromad ko’rgan. Kuchli uchlikni «PSJ» futbolchilari Lionel Messi va Neymar yakunlab bergan.

Eng daromadli futbolchilar TOP-10

Krishtianu Ronaldu ($125 mln ($70 mln maosh, $55 mln reklama);
Lionel Messi ($110 mln ($75 mln + $35 mln);
Neymar ($95 mln, $75 mln + $20 mln);
Kilian Mbappe ($43 mln, $28 mln + $15 mln);
Muhammad Saloh ($41 mln, $25 mln + $16 mln);
Robert Levandovskiy ($35 mln, $27 mln + $8 mln);
Andres Inyesta ($35 mln, $31 mln + $4 mln);
Pol Pogba ($34 mln, $27 mln + $7 mln);
Garet Beyl ($32 mln, $26 mln + $6 mln);
Eden Azar ($29 mln, $26 mln + $3 mln).