Meksikaning Oaxaka shtati Puerto-Eskondido shahrida yashovchi yosh baliqchi ulkan yelkanchi baliqni tutib oldi. Bu haqda News Daily xabar berdi.
Bitta baliq ovi mobaynida 22 yoshli David Monkada 49,50 va 56 kilogramm og’irlikdagi uchta yelkanchi baliqni tutib oldi.
So’nggi baliq uning «faoliyati» mobaynidagi eng katta o’lja bo’ldi. Suratda baliqning uzunligi baliqchining bo’yidan ham uzunligini ko’rish mumkin.
Monkada baliqchilikka bolaligidan qiziqib qolgan. Avvallari u dengizga o’z otasining qayig’ida chiqardi.
Endilikda uning o’z kemasi bor hamda baliq ovi xobbidan daromad manbayiga aylangan. Monkadaning aytishicha, bir yil davomida u yarim tonna baliq tutishga muvaffaq bo’lgan.
Elkanchi baliqning uzunligi 3,5 metrga yetadi, u soatiga 100 kilometr tezlikda suza olgani uchun dunyodagi eng chaqqon baliq hisoblanadi.