Kavkazdagi biron bir muhim voqea lezginkasiz amalga oshirilmasa kerak, siz uni to’ylarda, konsertlarda va hatto ko’chaning o’rtasida ko’rishingiz mumkin. Bu raqsning Kavkazda va dunyoning boshqa yerlarida ko’plab muxlislari bor.
Hammamiz bilamizki, Lezginka Kavkazdan kelib chiqqan, ammo aynan qaerdan kelib chiqqanligi juda munozarali masala, chunki har bir Kavkaz xalqi o’zini bu raqsning ajdodi deb biladi.
Avvalo shuni aytish kerakki, har bir Kavkaz xalqining o’ziga xos lezginkasi bor, u hamma joyda turlicha ijro etiladi. Raqs Kavkazning mutlaqo barcha tub aholisi uchun har xil nomlar ostida mavjud va har bir xalqning raqsi uchun o’z nomi bor. Masalan, avarlar o’zlarining raqslari «Kurdi», gruzinlar «Kartuli», chechenlar «Helxar» deb atashadi.
«Lezginka» nomi ruschadan kelib chiqqan va Kavkaz xalqlarining barcha raqslari uchun umumiydir. Lezginkani nima uchun bunday atashgan: ruslar nimani birinchi marta ko’rgan bo’lsa, ularni shu nom bilan atashgan. So’zning etimologiyasi «lezginlar» etnonimiga borib taqaladi. Ruslar bir paytlar Dog’istonning butun tog’ aholisini shunday chaqirishgan. Bugungi kunda ushbu nom Dog’istonning ko’plab xalqlaridan birining nomi.
Xulosa o’rnida aytish kerakki, Lezginka biron bir xalqqa tegishli emas, u barcha mahalliy Kavkaz xalqlarining raqsi va uning nomi Dog’istonning tog’li xalqlari bilan bog’liq.
Manba: @etnosuz