Piterboro (Angliya, Kambrijshir) shahrida yashovchi 67 yoshli usta Piter Bekerton eski divandan 1969 yilgi maktubni topdi. Unda kelajak haqida aniq bashorat bor edi, deb yozadi The Mirror.
Erkak 1969 yil 23 fevralda eski divanni ta’mirlash uchun chaqiriladi. U divanni sozlayotganda eski xatni topib oladi. Uning muallifi hayoti va dunyosi kelajakda qanday bo’lishini xayol qilgan 11 yoshli qiz edi.
Maktab o’quvchisi ko’p yillar o’tgach, ekranli telefon paydo bo’lishini va u orqali suhbatdoshni ko’rish mumkinligini taxmin qilgandi. «Deyarli televizordagi kabi», – deb yozgan qiz.
Shuningdek, u televizorlar o’zgarib, kichik qutilaridan katta ekranlarga o’tishini ta’kidlagan. Maktab o’quvchisi, shuningdek, uylar aqlli bo’lishini va eshiklar tugmalar yordamida masofadan ochilishini bashorat qilgan.
ria.ru