KURShAPALAK XAKIDA FAKTLAR

  • Ko’rshapalak sut emizuvchilar orasida uchadigan yagona vakil hisoblanadi.
  • Ularning o’z nomi o’zi bilan. Ko’zlari ko’rmaydi. Tungi hayot tarzini kechiradi. Harakatlanganda, manzilni organizmi tarqatadigan ultratovushlar yordamida aniqlay boradi.
  • Ko’rshapalaklarning uchta turi vampirlar hisoblanadi. Ular o’ljasining qaynoq qoni bilan oziqlanadi. Ammo ko’rshapalaklar odamga kamdan kam hollarda hujum qiladi.
  • Ko’rshapalak xavfli xastaliklar virusini tashishga ham usta. Ana shunday vaziyatlarda odamga hujum qilib uni tishlab qochishi mumkin. Tishlagan zahoti olib kelgan virusi odamga yuqadi.
  • Aytishlaricha, ko’rshapalaklarning vatani Markaziy va Janubiy Amerika hisoblanadi. Ular ekinlarga hujum qiladigan qumursqalarni yeyish orqali fermerlarga milliardlab dollarlarni iqtisod qilishda yordam berarkan.
  • Ko’rshapalakning shunday mayda turi borki, ularning vazni atigi 10 grammga teng bo’ladi.
  • Ko’rshapalak uchun yerdan yuqoriga ko’tarilib uchish juda og’ir kechadi. Shu sababli ular daraxtlar usti, yoki tashlandiq imoratlarning shiftlarida yashaydi.
  • Xitoyda ko’rshapalak baxt va omad elchisi sifatida qadrlanadi.
  • Ko’rshapalak oliftalikda kalamushdan ham o’tib tushadi. Masalan, qanotlari kirlangan bo’lsa, to tozalab bitirmaguncha parvoz qilmaydi.
  • Har bir ko’rshapalak galasining o’z jo’raboshisi bor. Aynan u qaerga parvoz qilish masalasini hal qiladi. Qolganlar unga albatta itoat etadi.
  • Ko’rshapalak bir harakat bilan 500-600 tagacha qumursqani yeb bitira oladi.
  • Ko’rshapalaklarning galasi ko’p hollarda 1 milliontadan iborat bo’ladi.
  • Ko’rshapalaklar boshi yerga osilgan holda uxlaydi. Qanotidan ko’rpa o’rnida foydalanadi.
  • Braziliyada yashovchi ko’rshapalakning alohida turi soatiga 100 kilometr tezlikda uchadi. U nafaqat qumursqa, balki ayrim maydaroq hayvonlar, qushlar bilan ham oziqlanadi.
  •