Dunyoning eng badavlat odamlari reytingida yetakchi o'zgardi

Amerikalik biznesmen Ilon Mask Forbes milliarderlar reytingida birinchi o’ringa ko’tarildi. Uning boyligi miqdori ilk bor 200 milliard dollardan oshdi.

U Amazon asoschisi Jeff Bezosni birinchi o’rindan tushirib yubordi.

Shu tarzda, Mask boyligi miqdori 200 milliard dollardan oshgan uchinchi insonga aylandi.

2020 yil avgustda Bezos, shu yil iyunda LVMH guruhi prezidenti Bernar Arnoning boyligi 200 milliard dollardan oshgandi.

Hozirda Bezos va Arnoning boyligi mos ravishda 197,7 va 175,2 milliard dollar deb baholanmoqda.