Messining «PSJ»dagi birinchi goli tarixiy g'alabaga sabab bo'ldi

Evropa Chempionlar Ligasining 2-turi markaziy uchrashuvida «PSJ» o’z maydonida «Manchester Siti»ni qabul qildi.

Ushbu bahsda «PSJ» o’z tarixida birinchi marta «Siti»ni mag’lub eta oldi. Bunga qadar jamoalar besh bor to’qnash kelishgan va unda uch bora «shaharliklar» g’alaba qozongan bo’lsa, ikki o’yin durang bilan yakunlangan.

 

E’tiborlisi, ushbu tarixiy g’alabani ta’minlagan gollardan birini Lionel Messi kiritdi. Bu uning yangi jamoasidagi debyut goli bo’ldi.

 

PSJ — Manchester Siti 2:0

 

Gollar: Guye (8), Messi (74).

 

PSJ – Donnarumma, Hakimi, Markinos, Kimpembe, Mendesh, Errera, Guye (Danilu, 90), Verratti (Veynaldum, 78), Messi, Neymar, Mbappe.

 

Manchester Siti – Ederson, Uoker, Laport, Diash, Kanselu, de Bryuyne, Bernardu Silva, Rodri, Grilish (Foden, 68), Sterling (Jezus, 78), Mahrez.