KO'HNA TARIXI, SALDA KO'LI VA LAVANDA DALALARI BILAN MAShHUR – BURDUR

 

Ko’plab madaniy qadriyatlarni o’zida mujassam etgan, tarix va madaniyat deganda yodga tushadigan bu shahar arxeologik ahamiyati bilan birga boy tabiatiga ham ega. Geografik jihatdan Teke viloyatining poytaxti sifatida, madaniy jihatdan esa, xalq madaniyati va musiqasi boyligi bilan tanilgan Burdurga tashrif buyuring!

KO'HNA TARIXI, SALDA KO'LI VA LAVANDA DALALARI BILAN MAShHUR – BURDUR

Burdur Turkiyaning janubi-g’arbiy qismida joylashgan bo’lib, O’rta Yer dengizi qirg’oq qismi va O’nado’lining ichki qismlarini bog’laydigan yo’llarning chorrahasidan o’rin egallagan. Geografik jihatdan u Ko’l tumanining marvaridlari, madaniy jihatdan boy xalq madaniyati va musiqasi bilan Teke viloyatining poytaxti sifatida tanilgan. Burdur; ko’llar, g’orlar, tabiat, bog’lar va yaylovlar kabi tabiiy go’zalliklarni qadimiy shaharlar, tepaliklar, karvonsaroylar, saroy va masjidlar kabi tarixiy va madaniy qadriyatlar bilan birlashtirgan muhim joylashuvga ega.

KO'HNA TARIXI, SALDA KO'LI VA LAVANDA DALALARI BILAN MAShHUR – BURDUR

Burdur tarixi paleolit ​​davriga borib taqaladi va shahar hozirgi chegaralari bilan Isparta va Antaliyani o’z ichiga olgan qadimgi Pisidiya hududida joylashgan. Mintaqaning eng muhim qadimiy shaharlaridan biri bo’lgan va YuNESKO merosi ro’yxatiga kiritilgan Sagalassos, shuningdek, Kibyra antik shahri, Burdurga tashrifingiz davomida albatta tashrif buyurishingiz kerak bo’lgan ikki nuqtadir. Ho’yujek, Hojilar va Kuruchay tepaliklari, Kremna, Bubon, Balboura qadimiy shaharlari, Susuz Xon, Injir Xon, Ulu masjidi, Bakibey va Tosh Oda saroyi, Tabiat tarixi muzeyi hamda Turkiyaning eng boy muzeylari Burdur arxeologiya muzeyi shaharning xilma-xil madaniy va tarixiy qadriyatlari sirasiga kiradi.

Turkiyaning Maldiv orollari sifatida tanilgan Salda ko’li, betakror firuza ohanglari va oq qumli sohillari bilan dunyodagi eng ko’zni qamashtiruvchi ko’llardan biri sanaladi. Shuningdek, Turkiyada turizmga ochilgan birinchi g’or bo’lgan Insuyu g’ori Burdur ekskursiyasining eng muhim tabiiy to’xtash manzillaridan biridir. Shu bilan birga Burdur, qishda o’ziga xos ko’l manzarasi bilan Salda tog’-chang’i markazida o’z mehmonlariga chang’i sporti imkoniyatlarini taqdim etadi.

 

KO'HNA TARIXI, SALDA KO'LI VA LAVANDA DALALARI BILAN MAShHUR – BURDUR

Bahorda Lisiniyaning atirgul bog’larida, yozda Yeshilova va Akchako’yning lavanta vodiylarida yayrab, lavanda iforidan nafas olar ekansiz, o’zingizni ertaklar dunyosiga tushib qolgandek his etasiz. Yoz oylarida juda ko’p noyob qush turlariga mezbonlik qiluvchi Burdur, tog’lar, tepaliklar, kanyonlar va tabiat parklarida, Yarisli, Karatash va Go’lhisar ko’llari, Yapraklı hamda Karajao’ren to’g’on ko’llarida ochiq havoda sport bilan shug’ullanish imkoniyatiga ham ega. Yovvoyi hayvonlar reabilitatsiya qilinadigan Lisinia tabiati yog’ochdan yasalgan qiziqarli arxitekturasi, lavanda va aromatik o’simlik bog’lari bilan tashrif buyuruvchilar xotirasida unutilmas iz qoldiradi.