Sochlar salomatligi uchun kurashamiz

 

Banan

Banan tarkibidagi V guruhi vitaminlari hisobiga sochlar salomatligini yaxshilaydi. Bundan tashqari, u teri va tirnoqlar uchun ham foydali.

 

Qovoq urug’i

Sochlar salomatligi uchun zarur bo’lgan yana bira mikroelement – ruh. Ruh yetishmovchiligi soch to’kilishi va hatto kallikka olib kelishi mumkin.

 

Kungaboqar urug’i ham ruh manbai sanaladi, lekin uning tarkibida ruh kamroq, kaloriyasi esa ko’proq bo’lgani sababli qovoq urug’ini tanlagan ma’qul.

 

Kepak

Kepak – don qobig’i bo’lib, un ishlab chiqarishda chiqitga chiqadi. Ammo u organizm, ayniqsa sochlar uchun foydali. Uning tarkibida V1, V2 va V6 vitaminlari saqlanadi.

 

V1 vitamini bosh terisidagi yog’ bezlari ishini normallashtiradi. V6 vitamini qazg’oqning oldini olib, sochlar quruqligi va bosh qichishini davolaydi. Bu vitaminlar yetishmasa, sochlar jilosini yo’qotadi. V2 vitamini qon aylanishini faollashtirib, soch ildizlarini kislorod va ozuqa moddalari bilan boyitadi. V2 yetishmovchiligida soch ildizi yog’li, soch uchlari esa quruq bo’lib qoladi.

 

Kepakni qatiq yoki yogurtga, salat, sho’rvalar yoki kotletlarga aralashtirsa bo’ladi.

 

Jigar go’shti

Aksariyat ayollar temir yetishmovchiligidan aziyat chekishadi, bu qon yo’qotishning tabiiy sikllari bilan bog’liq. Bu sochlarga ham o’z ta’sirini o’tkazadi.

 

Mol jigari temir moddasiga boyligi bilan ajralib turadi. Bir haftada bir marta jigar yeb turish temir yetishmovchiligining oldini oladi.

 

Tuxum

Tuxumni ham doimiy iste’mol qilgan ma’qul. U o’zining dietik ko’rsatkichlari bo’yicha rekordchilardan biri. Sochlar uchun avvalo tuxum sarig’i tarkibidagi A, D, E va V guruhi vitaminlari zarur.

 

Ammo ekspertlar tuxumli niqoblarning foydasi yo’qligini isbotlashgan. Ular tuxumni sochga surishni emas, iste’mol qilishni tavsiya qilishadi.