Vidam Perevertilov ismli Litvalik dengizchi kemadan tushib ketib, o’zini qutqarib olishgunlariga qadar Tinch okeanida 14 soatdan ortiq baliqchilarning eski buyiga (suvda sayozlik, yo’l va hokazolarni ko’rsatadigan qalqovich belgi) osilib turdi, deb xabar beradi Esquire.
52 yoshli Perevertilov yuk kemasida ishlagan va tungi smenadan so’ng, o’zini yomon his qila boshlagan. Shunda u o’ziga kelib olish uchun palubaga chiqishga qaror qilgan va bortdan yiqilib tushgan. Dengizchining o’g’lini so’zlariga ko’ra, otasi hushini yo’qotgani sabab qanday qilib yiqilganini eslay olmaydi.
Ekipaj Perevertilovning yo’qolganini oradan olti soat o’tgach payqab qolgan, shu sababli kema harakatlanishni davom etgan — Yangi Zelandiyaning Tauranga va Britaniya tomonidan izolyatsiyalangan Petkern hududi o’rtasiga kelib qolgan. Dengizchi qutqaruv nimchasiz va deyarli holsiz bo’lgan, biroq taslim bo’lmasdan, suzishda davom etgan. Qaysidir onda u suv yuzasida qora dog’ni ko’rib qolgan va unga yaqinlashgan. Bu baliqchilarning eski buyi ekanligi ma’lum bo’lgan. U hech qaerga qotirilmagan va okeanda chiqindi kabi suzib yurgan.
Perevertilovni qidirish ishlariga Fransiya Polineziyasining qutqaruvchilari va meteorologlari ham jalb etilgan. Vidam suvga tushib ketganidan 14 soat o’tib topilgan. Quyosh uning terisini kuydirib yuborgan, biroq u omon qolgan.