Kaz tog’lari ong va tanani tozalash uchun birinchi bo’lib boradigan tabiat mo’jizalaridan biridir. Kaz tog’lari Turkiyadagi kislorod miqdori eng yuqori bo’lgan mintaqalardan biri bo’lgan “Kazdag’i milliy bog’i” hududini o’z ichiga olgan hamda o’zining turar joy markazlari bilan a’lo dam olishingizni ta’minlab bera oladigan turistik maskandir.
Ajoyib o’rmon manzaralari ostida bemalol nafas olishingiz, do’stlaringiz bilan yoki yolg’iz sayohatga chiqishingiz mumkin bo’lgan Kaz tog’lari nafaqat tabiat sarguzashtlari, balki mazali ovqat va turistik mashg’ulotlarni ham amalga oshirishingiz uchun juda qulay joy hisoblanadi. Kaz tog’larida ziyorat qilinadigan joylar va qilishingiz mumkin bo’lgan turistik mashg’ulotlar mavzusini boshlashdan oldin, mintaqa haqida ma’lumotga ega bo’lish ham foydalidir.
Chanakkale va Balikesir shaharlari o’rtasidagi keng mintaqaga yoyilgan Kaz tog’lari Biga yarim orolidagi eng baland cho’qqi joylashgan tog’ tizmasini o’z ichiga oladi. Shuningdek, Ida tog’i sifatida ham tanilgan ushbu Kaz tog’lari yunon mifologiyasida ko’plab afsonalarida zikr etilgan. Miloddan avvalgi 2000-yillarga borib taqaladigan ushbu tabiat mo»jizasi o’zining noyob o’simlik turlari va faunasi bilan boy floraga ega bo’lib, qizil dog’li gulmohi balig’i kabi faqat u yerda yashaydigan mavjudotlar mavjud.
Kaz tog’lari qaerda joylashgan?
Marmara va Egey mintaqalari chegaralarida joylashgan Kaz tog’lari Chanakkale va Balikesir viloyatlari o’rtasidagi katta maydonni egallaydi. Tog’larda ko’rish mumkin bo’lgan ko’plab tepaliklar va tarixiy asarlar bilan bir qatorda tabiati bilan mashhur “Kazdag’i milliy bog’i” ham bor.
Kaz tog’larida amalga oshirsa bo’ladigan turistik faoliyat turlari
Kaz tog’lari “qo’llanmasi”ni bu yerda qilinadigan narsalar bilan davom ettiramiz. Shu nuqtada ikkita mashg’ulot ajralib turadi: kemping (lager/chodir o’rnatish) va qishloq sayohatlari. Kaz tog’larining ajoyib tabiati bilan birga bo’lish uchun kemping uchun tashrif buyurishingizni tavsiya qilamiz. Agarda siz Kaz tog’larida chodir o’rnatishga ikkilansangiz va qulaylikni yaxshi ko’rsangiz, bu yerda qolib tabiatdan bahramand bo’lishingiz uchun bu hududda joylashgan ko’rkam qishloqlardagi butik mehmonxonalar va hostellarni tanlashingiz mumkin.
Tabiat bilan birlashing: Kaz tog’larining kemping uchun muhtasham joylari
Turkiyaning eng nafis va tabiiy go’zalliklariga ega joylaridan biri haqida gap ketganda, kemping mashg’ulotini eslatib o’tish tabiiy holdir. Xavfsiz muhitni taklif qiladigan kemping maskanlarida tabiatdan zavqlanish va boshqa tabiat ixlosmandlari bilan muloqot qilish mumkin. Kaz tog’larining ba’zi lager maydonlari o’z mehmonlariga daraxt uylarida qolishga imkon beradi. Ajoyib onlarni taqdim qiluvchi sarguzashtga nima deysiz?!
Tog’ milliy bog’ maqomiga ega bo’lganligi sababli, siz bu yerda xohlagan joyda chodir qurolmaysiz. Agar siz qo’riqlanadigan hududlarga “trekking” qilishni istasangiz, gid yollashingiz darkor. Milliy bog’ni muhofaza qilish uchun mas’ul bo’lgan shaxslar tomonidan boshqariladigan joylardan tashqari, bu yerda chodirlarda yoki karvonlarda kemping bilan shug’ullanish taqiqlanadi. Yodingizda tuting.
Quyida biz Kaz tog’laridagi eng mashhur kemping bilan shug’ullanish mumkin bo’lgan hamda mukammal joylarining nomlarini qoldiramiz. Agar qiziqsangiz, batafsil ma’lumot olish uchun bu yerlarga mas’ul organlariga murojaat qilishingiz mumkin:
Hizir kemping hududi
Akaleos kemping hududi
Endes kemping hududi
Jamlaralti kemping hududi
Organik ozuqalar bilan detoks: Kaz tog’lari qishloqlari
Kaz tog’laridagi qishloqlar tabiat bilan hamnafas yashirin jannatga o’xshaydi. Ushbu qishloqlarning aksariyatida organik mahsulotlarni topish mumkin. Sifatli zaytun yog’ini, ayniqsa, Zeytinli kabi qishloqlarda topishingiz mumkin. Bu yerga tashrif buyurib, tabiatdan zavq olmoqchi bo’lsangiz, ammo chodirda vaqt o’tkazmoqchi bo’lmasangiz, bu holda aynan siz uchun Kaz tog’lari atrofida 12 ta qiziqarli qishloq mavjud bo’lib, u yerdagi kichik mehmonxonalar yoki hostellarda istiqomat qilishingiz mumkin:
Yeshilyurt
Nusratli
Zeytinli
Tahtakushlar
Mehmetalan
Kuchukchetmi
Beyo’ba
Eski Gure
Kirachoba
Chamlibel
Arikli